03 noy 17:52
Yangiliklar
WTA reytingi. Birinchi raketkamiz pastladi, Vlada ham 52 o'rin quyiga "sho'ng'idi"
Yangilangan reytingdagi tennis malikalarimiz soni 7 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 2 nafari - Diana Yakovleva va Sabrina Olimjonova oz bo'lsa-da, 5 pog'onaga ko'tarildi. Qolgan tennischilarimiz reytingda pastlashdi. O'zbekiston fuqaroligini qabul qilgan Mariya Timofeeva 5 pog'ona pastlab, 149-o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 513 WTA reyting ochkosi bor. U o'tgan haftada ilk davradayoq mag'lubiyatga uchrashi ortidan 6 ochko yo'qotdi. Ikkinchi raketkamiz Vlada Yakshibarova ham bugun elon qilingan reytingda 3 ochko yo'qotishi natijasida 52 o'ringa pastladi. Milana Maslenkova 1, Darya SHubina 5, Nigina Abduraimova 6 o'ringa quyiga sho'ng'idi.
Dunyo tennischilar Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Reytingida hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. Kuchli uchlikka amerikalik Koko Goff yakun yasagan.
WTA reytingi. 3 noyabr kungi holat:
1 (1). Arina Sobolenko (Belarus) — 9870 ochko.
2 (2). Iga Svyontek (Polsha) — 8195.
3 (3). Kori Goff (AQSH) — 6563.
4 (4). Amanda Anisimova (AQSH) — 5887.
5 (5). Jessika Pegula (AQSH) — 5183.
6 (6). Elena Ribakina (Qozog'iston) — 4350.
7 (7). Medison Kiz (AQSH) — 4335.
8 (8). Jasmin Paolini (Italiya) — 4325.
9 (9). Mirra Andreeva (Rossiya) — 4319.
10 (10). Ekaterina Aleksandrova (Rossiya) — 3375...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
149 (144). Mariya Timofeeva – 513
1034 (982). Vlada Yakshibarova – 18
1184 (1183). Milana Maslenkova – 11
1274 (1269). Darya SHubina – 8
1315 (1309). Nigina Abduraimova – 7
1464 (1469). Diana Yakovleva – 3
1464 (1469). Sabrina Olimjonova – 3

Fikrlar