10 iyu 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Dias UFCni tanqid qildi
UFC jangchisi Neyt Diasga yarim o'rta vazn chempioni Kamaru Usman va Gilbert Berns o'rtasida jang tashkil qilinayotgani yoqmayapti.
"Sizlar chempionga qarshi navbatda turgan davogar bilan jang tashkil qilib berishingiz kerak edi. Sizlar esa eng kam gonorar talab qiladigan jangchini tanladingiz. Men bunda hech qanday mantiq ko'rmayapman. Meni bitta jang uchun oladigan pulim ularning birgalikda topganlaridan ham ko'proq", - dedi Dias.
Eslatib o'tamiz, 11 iyul kuni bo'lib o'tadigan UFC 251 kechasida Kamaru Usman Gilbert Bernsga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar