10 may 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt Fyuri bilan jang qilishga rozilik berdi
Superog'ir vazn toifasidagi taniqli britaniyalik bokschi Dillian Uayt vatandoshi Tayson Fyuriga qarshi WBC chempionlik kamari uchun saralash jangi o'tkazishga rozilik berdi.
Bu taklifni bokschilarga WBC prezidenti Mauricio Suleyman bergan edi. Reja bo'yicha saralash jangi g'olibi ushbu yo'nalish chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
“Men bir necha yildan beri Tayson Fyuri bilan jang qilish istagida bo'lib kelyapman. Bir necha bor Fyurining jamoasiga yaxshigina taklif bilan chiqdik. Lekin bari befoyda bo'ldi.
Men WBC prezidentining taklifini qabul qilaman. Ammo, juda katta ehtimol bilan bu jang amalga oshmasa kerak. CHunki, jangning bo'lishi uchun birgina mening xohishim kamlik qiladi”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar