30 noy 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Dilshod Mahmudovni tabriklaymiz
Bugun mahoratli bokschimiz Dilshod Mahmudov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Dilshod Mahmudov 1982 yil 30 noyabr kuni Toshkentda tug'ilgan. Boks bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi. Bokschimiz faoliyati davomida Osiyo o'yinlarida oltin (2002) va bronza (2006) medallarini qo'lga kiritgan. Ko'rsatgan xizmatlari uchun “SHuhrat” medali va “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi” kabi Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Pekin Olimpiadasining ochilish marosimida O'zbekiston delegaciyasining bayroqdori bo'lgan Mahmudov bugun 37 yoshni qarshi olmoqda. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bokschimizga mustahkam sog'lik, omad va oilaviy hotirjamlik tilab qoladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar