07 iyu 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Dog'istondagi qishloqqa Abdulmanap Nurmagomedov nomi berilishi mumkin
Dog'istondagi Kirovaul qishlog'iga Xabib Nurmagomedovning otasi - Abdulmanap Nurmagomedovning nomini berish masalasi ko'rib chiqilmoqda.
Bu haqida qishloq raisi Magomedrasul Davudov aytib o'tdi.
"Bizda hozir aza. Bizga Rossiyaning turli shaharlaridan odamlar tashrif buyurishmoqda. Keyinroq biz qishloq aholisi bilan yig'ilamiz va Kirovaul qishlog'ini nomini Manap sifatida o'zgartirishni muhokama qilamiz.
Xabibga bu juda og'ir zarba bo'ldi. CHunki u juda ko'p vaqtini otasi bilan o'tkazgandi", - dedi Davudov.
Eslatib o'tamiz, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni Moskvada vafot etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar