14 mar 15:02
Yangiliklar
Tennis
Doha turniri bosh sovrini Gruziyaga ketadigan bo'ldi
Dunyoning 42-raketkasi bo'lib turgan Nikoloz Basilashvili Qatar poytaxti Doha shahrida yakunlangan ATP turniri g'olibiga aylandi.
Gruziyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 13-pog'onasidan joy olib turgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqdi. Bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etgan bahsda Basilashvili 7/6(5), 6/2 hisoblarida zafar quchdi.
Finalda 29 yoshli Basilashvili 4 ta, 32 yashar Bautista-Agut esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Nikolaz o'zaro uchrashuvlarda ilk bor Agutdan ustun keldi - 3:1. Qatar ExxonMobil Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Basilashviliga 250 reyting ochkosi hamda 103,070 dollar mukofot pulini keltirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar