08 fev 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Fight Night 266: Asosiy jangga bo'g'ish usuli bilan nuqta qo'yildi
Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 266 turniri yakuniga etdi.
Oqshomning asosiy jangida amerikalik 32 yoshli Mario Bautista braziliyalik Vinisius Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning ikkinchi raundida Mario raqibi ustidan bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozondi. Jang oldidan Bautista o'ta engil vazn toifasi reytingda to'qqizinchi, Oliveyra esa o'n birinchi o'rinni egallab turgandi.
Umar Nurmagomedovdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin oktagonga qaytgan Bautista darhol ustunlikni qo'lga kiritdi. U tik holatda yaxshi ko'rindi, raqibni parterda nazorat qildi. SHu paytgacha UFC’da to'rtta jangda to'rtta g'alaba qozongan Oliveyra esa asosan himoyalandi.
Ikkinchi raundda Bautista parterda ustunlikni qo'lga kiritib, darhol bo'g'ish usulini qo'lladi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar