So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 fev 10:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Qozog'iston va tojikistonlik jangchilar oktagonga chiqqan UFC Fight Night 266 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Xabar berganimizdek, biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 266 turniri o'z nihoyasiga etdi.

Oqshomning asosiy jangida amerikalik Mario Bautista braziliyalik Vinisius Oliveyra ustidan muddatidan oldin g'alaba qozondi. U tashkilotning o'ta engil vazn divizionida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan edi. Ikkinchi raund tugashiga 14 soniya qolganida, Bautista Oliveyrani avvaliga kimuraga, keyin esa ortdan bo'g'ishdan so'ng jangga nuqta qo'ydi.

Turnirning co-main event bahsida yaponiyalik Kiodji Xoriguchi iroqlik Amir Albazi ustidan hakamlarining yakdil qarori evaziga ishonchli g'alabaga erishdi. Endi u eng engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Joshua Vanga qarshi jang qiladi.

Turnirning uchinchi muhim voqeasi og'ir vazn toifasida Jailton Almeyda va Rizvan Kuniev o'rtasidagi jang bo'lib, unda rossiyalik hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Bu bilan u divizionning kuchli o'ntaligidan o'ziga joy naqd qildi, braziliyalik esa hozirda oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Boshqa natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, Qozog'iston vakili Nikolay Veretennikov birinchi raundda amerikalik Niko Praysni nokautga uchratdi. Tojikistonlik Muin Gafurov esa afsuski, mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Qo'shnimiz bellashuv tugashiga bir soniya qolganida polshalik Yakub Viklacga gilotina usulida bo'g'ish orqali yutqazdi.

Muddatidan avval g'alaba qozongan yana bir jangchi amerikalik yarim og'ir vazn toifasidagi Dastin Jeykobi bo'lib, u hamyurti Julius Uokerni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.


UFC Fight Night 266 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Mario Bautista Vinishius Oliveyra sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – 2-raund, 4:46

Kiodji Xoriguchi Amir Albazini hakamlar qaroriga ko'ra yutdi (30-27, 30-27, 29-28)

Rizvan Kuniev Jailton Almeydani ochkolar bo'yicha taslim etdi (30-27, 30-27, 29-28)

Mixal Oleksiychuk Mark-Andre Barrioni hakamlar qarori bo'yicha engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Farid Basharat Jan Macumotoni hakamlarning ayri qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 28-29)

Dastin Jeykobi Julius Uokerni texnik nokautga (zarba) uchratdi – 2-raund, 1:42


Prelim kard janglari

Daniil Donchenko Aleks Moronodan ustun keldi (30-26, 30-26, 30-27)

Nikolay Veretennikov Niko Praysni nokaut (tirsakda zarba) qildi – 1-raund, 1:42

Ketlin Souza raqibasi Bruno Brazilni ochkolar bo'yicha yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Javid Basharat Janni Vaskesni hakamlarning yakdil qaroriga evaziga mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Van Kong Eduardo Mourani hakamlar qaroriga ko'ra engdi (30-27, 29-28, 29-28)

Yakub Viklac Muin Gafurovni sabmishn (gilotina) evaziga yutdi – 3-raund, 4:59

Klaudiya Sigula raqibasi Priscila Kachoeyrani ochkolar bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 29-28)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing