20 may 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Dominik Brizil mag'lubiyatida referini aybladi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder kecha Nyu-Yorkda davogar bokschi Dominik Brizilni birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan edi.
Brizil mag'lubiyatidan keyin ilk bor jang haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi. Uning so'zlariga qaraganda mag'lubiyatga referi aybdor ekan.
“O'ylashimcha, referi jangni bemavrid to'xtatdi. Men jangni davom ettira olar edim. Endi bu boks, balki referi mening salomatligimni o'ylagandir. Lekin men uning sanayotganini eshitib, ko'rib turgandim.
Nachora, g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Men hali qaytaman va xatto chempionlik jangida ishtirok etaman”, - dedi Brizil.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar