13 sen 11:44
Yangiliklar
![](/upload/storage/18971_220.jpg)
Do'smatov, Latipov va Xoldorov JCH finaliga chiqqani uchun faqat televizor bilan taqdirlandimi?
Tasodifni qarangki, ushbu kumush medal egalarining barchasi andijonlik sportchilar ekan. Kuni kecha Andijon viloyati hokimligi JCH finalchilarini taqdirlayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.
Ushbu suratlardan malum bo'lishicha jahon chempionati finalchilariga televizorlar sovg'a qiligan.
Ushbu suratlarga muxlislardan biri "TV xolosmi?" deya munosabat bildirgan bo'lsa, boshqa bir foydalanuvchi "Oldin avtomobil berar edi hokimlar. Buxoro hokimi sovg'asi" deya SHahram G'iyosov va uning murabbiyi Ravshan Xojaevlarning mashina oldida tushgan suratlarini joylashtirgan.
Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha jahon chempionatida Hasanboy Do'smatov, Jasurbek Latipov va Iqboljon Xoldorovlar finalgacha etib borib, kumush medal sohibiga aylangandilar.
Fikrimizcha jahon chempionati finalchilari televizorlar emas, bundan ham yaxshiroq sovg'alarga loyiq edilar...
Fikrlar