05 mar 12:59
Yangiliklar
Tennis
Doxa. Karolina Plishkova kutilmaganda imkoniyatni boy berdi
Doxa shahrida WTA musobaqasi o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Sayyoramizning oltinchi raqamli tennischisi Karolina Plishkova chorak finalda Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqdi va kutilmaganda 3:6, 1:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuv bir soat davom etdi.
Endi Pegula yarim final bahsida Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar