24 mar 07:08
Yangiliklar
Tennis
Mayami (WTA). Karolina Muxova 1/4 finalga chiqdi
Dunyoning 14-raketkasi Karolina Muxova Mayamida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning nimchorak final ishtirokchisiga aylandi.
CHexiyalik tennis malikasi to'rtinchi davrada WTA reytingida 29-pog'onada borayotgan Filippin vakilasi Aleksandra Ealaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham eys zarbani amalga oshira olmadi. Muxova breyklar bo'yicha mutlaq ustunlikka erishdi - 5 ga 0. Endi Karolina 1/4 finalda rossiyalik Mirra Andreeva va kanadalik Viktoriya Mboko uchrashuvi g'olibasiga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar