28 may 01:29
Yangiliklar
"Rolan Garros-2026". Kamilla Rahimova dunyoning 10-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 30 mln 861 ming 500 evroni tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi, mamlakatimizning birinchi raqamli raketkasi Kamilla Rahimova ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
24 yashar hamyurtimiz ilk davrada dunyo reytingida 32-o'rinni egallab turgan ruminiyalik Kristian Jaklinni 2:1 (6/3, 4/6, 6/4) hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Kamilla bugun ikkinchi davradagi o'yinini o'tkazdi. 29 yoshli chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kechgan bahsda vakilamiz 0:2 (2/6, 2/6) hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yin 1 soat, 21 daqiqa davom etdi.

Bu ikki tennischining o'zaro o'tkazgan ikkinchi o'yini edi. 2023 yil may oyida bo'lib o'tgan ilk qarama-qarshilikda ham Karolinaning qo'li baland kelgandi.
Malumot uchun, o'yin oldidan Kamilla Rahimova dunyo reytingida 89, Karolina Muxova esa 10-o'rinni egallab turgan edi.
Hamyurtimizning "Rolan Garros" turniridagi eng yaxshi natijasi 2023 yilga to'g'ri keladi. O'shanda u uchinchi bosqichgacha etib borib, Arina Sobolenkoga mag'lub bo'lgandi. Kamilla endi o'z yurishini juftlik bahslarida davom ettiradi.

Fikrlar