20 fev 13:20
Yangiliklar
Tennis

Doxa (WTA): Karolina Plishkova Qatarda tengsiz bo'ldi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 710 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli WTA Premier turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning uchinchi raqamli tennis malikasi Karolina Plishkova daniyalik adashini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Bu g'alaba chexiyalik tennischiga 132,740 dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi.
Final
Karolina Plishkova (CHexiya) - Karolina Voznyacki (Daniya) – 6:3, 6:4
Havola :
Fikrlar