17 iyu 12:11
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning 9-raketkasi faoliyatidagi 9-sovringa ega chiqdi
Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida o'tkazilgan maysa qoplamali ATP turniri avstraliyalik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lgan Aleks De Minaur hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 26-o'rinni egallab turgan amerikalik Sebastyan Kordani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/4.
Yashil qita vakili tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida oldinda bormoqda - 3:1. To'qson daqiqa davom etgan bahsda De Minaur 2, Korda 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Xertogenbosdagi muvaffaqiyatli ishtirok De Minaurga 250 reyting ochkosi hamda 104,985 evro mukofot puli keltirdi. Bu avstraliyalik tennischining faoliyatidagi to'qqizinchi ATP sovrini bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar