25 okt 11:13
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Bazel bosh sovrini uchun yurishini boshladi
SHveycariyaning Bazel shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Karlos Alkaraz musobaqaning ilk davrasida irodali g'alabaga erishdi. Ispaniyalik tennischi 2 soatu 18 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 45-o'rindan joy olgan britaniyalik Jek Dreyperdan 3/6, 6/2, 7/5 hisobida ustun keldi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Alkaraz 1 ta, Dreyper esa 9 ta eys zarbasini ijro etgan. Karlosning ikkinchi davradagi raqibi niderlandiyalik Botika van de Zandshulp hamda franciyalik Adrian Mannarino uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar