03 sen 10:18
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi raqibini deyarli sezmadi
Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev AQSH Ochiq chempionatining 1/8 final ishtirokchisiga aylandi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi biroz avval "Artur Esh Stedium"da yakuniga etgan uchinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 174-pog'onadan joy olgan xitoylik Vu Ibinni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/4, 6/2, 6/2.
Uch daqiqasi kam ikki soat davom etgan uchrashuvda Medvedev 12 ta eys, 5 ta qo'shxato, 6 ta breyk, Ibin esa 1 ta eys zarbani amalga oshirdi. Vu qo'shxatoga yo'l qo'ymagan. Endi Daniil chorak final chiptasi uchun avstraliyalik Nik Kirgiosga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar