28 may 12:04
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi "Rolan Garros" chempionlik himoyasiga kirishdi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek Parijda davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Franciya Ochiq chempionating amaldagi chempioni hisoblanadi.
Polshalik tennischi "Rolan Garros"ning ilk davrasida WTA reytingida 148-pog'onadan joy olgan franciyalik Loli Janjanni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.
Oltmish ikki daqiqa davom etgan baxsda Svyontek 1 ta eys, 6 ta breykni amalga oshirdi. Qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Endi u ikkinchi davrada yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar