18 jan 16:58
Yangiliklar
Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi sovrinni begona qilmadi
Adelaide International turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida avstraliyalik Eshli Barti hamda ukrainalik Dayana Yastremskaya o'zaro to'qnash kelishdi. Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi 85 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 24-pog'onasidan joy olib turgan raqibasidan qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/2, 7/5.
Har ikki tennischi ham 4tadan eys zarbani amalga oshirishgan. O'zaro uchrashuvlardagi hisob Eshli foydasiga yiriklashdi - 2:0. Bu Bartining mavsumdagi ilk, faoliyatidagi sakkizinchi sovriniga ega chiqdi. Yashil qita vakilasi bir haftalik mehnati uchun 146,500 AQSH dollari hamda 470 reyting ochkosi bilan taqdirlandi. Yastremskaya esa 78,160 dollar va 305 ochkoga ega bo'ldi.
Fikrlar