17 iyu 15:50
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Gamburgdagi yurishini to'xtatdi
Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sayyoramizning to'rtinchi raketkasi Stefanos Cicipas Hamburg European Open turnirining chorak finalida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Greciyalik tennischi reytingning 44-pog'onasidan joy olib turgan serbiyalik Filip Krayinovichga imkoniyatni boy berdi - 6/3, 1/6, 3/6.
Bir daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda Stefanos 11 ta, Filip esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Krayinovich tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 2:1. Endi serbiyalik yarim finalda vatandoshi Laslo Derega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar