16 iyu 07:42
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning uchinchi raketkasi g'alaba bilan boshladi
CHexiya poytaxti Praga shahrida karantindan keyingi ilk turnir start oldi.
Ushbu ko'rgazmali turnir g'olibligi uchun asosiy davogar chexiyalik Karolina Plishkova ilk uchrashuvida oson g'alabaga erishdi. Dunyoning uchinchi raketkasi reytingning 31-pog'onasidan joy olgan vatandoshi Barbora Strikovadan ustun keldi - 6/2, 6/3.
Turnirning yana bir uchrashuvida rossiyalik Ekaterina Aleksandrova chexiyalik Kristin Plishkovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Karolin va Kristin opa-singil hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar