27 may 16:17
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Bekmurod Oltiboev Xitoydagi Gran-Pri sovrindori bo'ldi
Xitoyning Xoxxot shahrida dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi yakuniga etdi.
Bugun musobaqada +100kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekmurod Oltiboev sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi.
U yarim finalgacha barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. Afsuski, final ostonasida mo'g'ulistonlik Tuvshinbayar Naidanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda gollandiyalik Roy Meyerdan ustun keldi va bronza medali sohibiga aylandi.
Qolgan sportchilarimiz afsuski musobaqada medallar qo'lga kirita olishmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar