06 okt 19:00
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Ikki sportchimiz bronza medalini qo'lga kiritdi
Toshkentda dzyudo bo'yicha nufuzli Gran Pri turniri davom etmoqda.
Avvalroq, bahslarda vakillarimizda bronza medallari uchun imkoniyatlar borligi haqida xabar qilib o'tgandik.
-60kg vazn toifasida gilamga chiqqan SHarofiddin Lutfillaev bronza medali uchun bo'lib o'tgan jangda boshqa bir sportchimiz Muxriddin Tilovovni mag'lubiyatga uchratib, bronza medali sohibiga aylandi.
-66kg vaznli sportchimiz Sardor Nurillaev esa Isroil vakili Barux SHmailovni mag'lub etib, bronza egasiga aylandi.
SHu tariqa, o'zbekistonlik dzyudochilar Toshkentdagi turnirning birinchi kunida ikkita bronza medalini qo'lga kiritdilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar