04 noy 11:41
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudo. Kemran Nurillaev Osiyo ochiq kubogida oltin medalga ega chiqdi
Qozog'istonning Aktau shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo ochiq kubogi start oldi.
Avvalroq, ushbu musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.
-60 kg vazn toifasidagi janglarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Kemran Nurillaev musobaqa davomida Almazbek Nurxan (Qozog'iston) Amartuvshin Dashdavaa (Mo'g'uliston), Ramazan Mamaev (Qozog'iston) va Bilguun Dogsom (Mo'g'uliston) kabi sportchilarni mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Bugun yana bir qator vazn toifalarida yurtdoshlarimiz gilamga chiqadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar