08 okt 19:11
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Musobaqaning so'nggi kunida sportchilarimizdan "bronza"lar yomg'iri
Toshkentda dzyudo bo'yicha Gran Pri bahslarining so'nggi kunida sportchilarimiz yana medallar qo'lga kiritishdi.
Avvalroq, -100kg va +100kg vazn toifalarida sportchilarimiz bronza medali uchun janglarda ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.
-100kgda bronza medali uchun janglarda Davronbek Sattorov Belorus vakili Mikita Sviridni, SHerali Jo'raev esa tojikistonlik Saidjalol Saidovni mag'lubiyatga uchratib, medal sohibiga aylandi.
+100kg vazn toifasida esa to'rt nafar vakilimiz bronza medali uchun janglarda o'zaro bahs yuritdilar. Boltaboy Boltaev Ihtiyor Xolmurotovni, Bekmurot Oltiboev esa Muhsin Hisomiddinovni mag'lub etib, sovrindorlar qatoridan o'rin oldilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar