11 noy 14:12
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Oltiboev finalda, Xolmurodov bronza uchun kurashadi
Toshkentda dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri turniri davom etmoqda.
Bugun bir necha vazn toifasida bahslar o'tkazilmoqda. Eng og'ir vazn, +100 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki nafar sportchimiz medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan.Bekmurod Oltiboev musobaqa davomida Ukraina, Tojikiston va Rossiya vakillarini mag'lubiyatga uchratib finalgacha etib bordi. Endi u oltin medal uchun rossiyalik boshqa sportchi Soslan Bostanovga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu vaznda ishtirok etayotgan Ixtiyor Xolmurodov esa bronza medali uchun Erasil Kazbaevga qarshi jang o'tkazadi.
Surat muallifi: Abdullo Fayzullaev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar