28 apr 15:18
Yangiliklar
Dzyudo

Dzyudo. O'zbekiston aralash jamoaviy bahslarida Osiyo chempionati kumush medaliga ega chiqdi
Tailandda kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining aralash jamoaviy musobaqasi yakuniga etdi.
Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borgan O'zbekiston terma jamoasi oltin medal uchun kechgan bahsda qitaning eng kuchli jamoasi Yaponiyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yili Gonkongda o'tgan Osiyo chempionatining aralash jamoaviy bahslirad bronza medalini qo'lga kiritgandik. Demak, ijobiy tomonga o'zgarish bor.
Malumot uchun, terma jamoamiz musobaqa mobaynida Tojikiston va Janubiy Koreya terma jamoalarini 4:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar