So’nggi yangiliklar

18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0

24 jan 14:20
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Rahmon va Diyora g'alaba bilan boshladi va boshqa natijalar

Teglar :  Dzyudo
Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oldi.

-60 kg vazn toifasidagi ikki vakilimiz ilk davra uchrashuvini o'tkazishdi. Kemran Nurullaev murosasiz bahsda braziliyalik taniqli dzyudochi Felipe Kitadaiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Rahmon Jumaev turkmanistonlik raqibi Haqberdi Jumaevni mag'lubiyatga uchratdi. Endi Jumaev ikkinchi bosqichda britaniyalik Eshli Mkenziega qarshi tatamiga chiqadi. Kitadai esa rossiyalik rossiyalik Albert Oguzov bilan to'qnash keladi.

Ayollar o'rtasida -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Amina Mamedova o'z uchrashuvini yakunladi. Birinchi bosqichda italiyalik Martina Loga qarshi tatamiga chiqqan vakilamiz kuchli raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu borada Aminaga xalqaro tajribaning biroz kamligi pand berib qo'ydi.

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova o'z uchrashuvini yakunladi. O'smirlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan Diyora birinchi bosqichda italiyalik Martina Kastognoladan ustun keldi. Keldiyorovaning ikkinchi bosqichdagi raqibasi mezbonlar vakilasi Gefen Primo bo'ladi.

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir vakilamiz Gulnoza Ziyaeva ham ilk g'alabasiga erishdi. U ispaniyalik Sofiya Xogrefedan ustun keldi.


O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing