So’nggi yangiliklar

18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0

02 apr 15:14
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Sobirov va Qurbonov bronza uchun kurashadilar

Teglar :  Dzyudo
Bugun Tbilisida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turniri yakunlanadi.

Musobaqaning so'nggi kunida -90 kg, -100 kg, +100 kg vazn toifalarida janglar o'tkazilmoqda.

- 90kg vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etgan sportchimiz SHahzodbek Sobirov braziliyalik raqibini mag'lub etib, chorak finalga yo'l olgandi. Biroq, u ushbu bosqichda rossiyalik Stanislav Retinskiga yutqazib qo'ydi. Rossiyalik dzyudochi finalga yo'l olgani sabab SHahzodbekda bronza uchun imkoniyat saqlanib qoladi. U endi o'tish jangida slovakiyalik raqibini mag'lub etib, yarim finalda yutqazib qo'ygan dzyudochilardan biriga qarshi tatamiga chiqishi lozim.

Ushbu vazndagi boshqa bir sportchimiz Muhkammadkarim Hurramov esa shveciyalik raqibini mag'lub etgandi. Biroq, keyingi bosqichda vengriyalik sportchiga yutqazib qo'ydi. Muhammadkarim uchun Tbilisidagi turnir yakunlandi.

-100kg vazn toifasidagi dzyudochimiz ukrainalik Oleksandr Romanchukni mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi jangida esa shveciyalik Martin Pachekka yutqazib qo'yib, turnirdan chiqib ketdi.

Ushbu vazndagi Soyib Qurbonov esa avvaliga mezbon sportchini mag'lubiyatga uchratdi. Keyin esa chorak finalda rossiyalik Kazbek Jankishievga yutqazib qo'ydi. Lekin, u ham raqibi finalga chiqqani sabab, bronza uchun kurashishi mumkin. Buning uchun u BAAdan tashrif buyurgan sportchini mag'lub etib, keyin yarim finalda yutqazgan dzyudochilardan biriga qarshi jang o'tkazadi.

Eng og'ir vazndagi dzyudochimiz Boltaboy Boltaev esa ilk jangidayoq rossiyalik raqibiga yutqazib qo'ydi.

O'tish va bronza uchun janglar kechki payt bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing