21 iyu 17:15
Yangiliklar
Dzyudo. To'rt nafar sportchimizdan to'rtta medal, ularning uchtasi oltin!
Mazkur turnirning ahamiyatli tomoni shundaki, unda Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolari o'ynaladi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik yosh sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Etiborlisi, bahslarda qatnashgan to'rt nafar dzyudochimizning barchasi sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'ldi. O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda Jayhunbek Nazarov (-66kg) oltin, Maqsud Ochilov (-55kg) bronza, qizlar o'rtasida esa Nilufar Ermagambetova (-52kg) va Sita Qadambaeva (-48kg) oltin medallarni qo'lga kiritishdi.
Etiborlisi, ayni paytda hamyurtlarimizdan Sita Qadambaeva va Nilufar Ermagambetova o'z vazn toifalarida jahon reytingida birinchi o'rinda ketmoqdalar.
Fikrlar