So’nggi yangiliklar

15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0

08 noy 18:56
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Toshkent Gran-Prisi g'oliblari 3000 AQSH dollari bilan mukofotlanadi

Teglar :  Dzyudo
9-11 noyabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.

Ertaga Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida dzyudo bo'yicha Gran-Pri musobaqasi start oladi. Ushbu nufuzli turnirda jahonning 47 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Qayd etish lozimki, mazkur turnir Olimpiya o'yinlari licenziyasi uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini taqdim etadi.

Musobaqada birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar reyting ochkolarini ishlab olish bilan birgalikda, 3000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega bo'ladilar (Sportchi 2400 AQSH dollarini qo'lga kiritsa, uning murabbiyiga 600 AQSH dollari taqdim etiladi). Kumush medalga sazovor bo'lgan sportchi 2000 AQSH dollari (sportchiga 1600 AQSH dollari, murabbiyga 400 AQSH dollari), bronza medaliga ega chiqqan polvonlar esa 1000 AQSH dollari (sportchiga 800 AQSH dollari, murabbiyga 200 AQSH dollari) bilan mukofotlanadilar.

Bugun ushbu musobaqaga qura tashlash marosimi o'tkazildi. Asosiy bahslarga ertaga start beriladi. Barchani "O'zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing