01 mar 18:55
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Toshkentdagi "Katta Dubulg'a"ning ilk kunini oltin va kumush bilan yakunladik
Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha nufuzli "Katta Dubulg'a" musobaqasi boshlandi.
Bugun erkaklar va ayollar o'rtasida jami 5 ta vazn toifasida bahslar tashkil etildi.
Kun yakuniga ko'ra, terma jamoamiz 1 ta oltin va 1 ta kumush medallariga ega chiqishdi.
Erkaklar o'rtasida Doston Ro'ziev -60 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, qizlarimizdan -52 kg vaznli Gulhayo Jo'raeva kumush medalga sazovor bo'ldi.
-66 kg vaznli Sardor Nurillaev esa 5-o'rin bilan kifoyalandi.
Musobaqa 2 va 3 mart kunlari ham davom ettiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar