22 fev 12:30
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Dyusseldorfdagi "Ulkan toj" turniriga jo'nab ketdilar
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari 23-25 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tkaziladigan nufuzli "Katta Dubulg'a" musobaqasida ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik.
Kecha musobaqada qatnashadigan dzyudochilarimiz Toshkentdan turnir o'tkaziladigan shaharga yo'l oldilar. 71 mamlakatdan 500 nafar sportchi ishtirok etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sharafini Diyorbek O'rozboev (-60kg), Doston Holiqulov (-66kg) hamda G'iyosjon Boboev (-73kg)lar himoya qiladilar.
Mazkur turnirda sportchilarimizga omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar