18 iyu 16:09
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Franciyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlashdi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari 17-25 iyul kunlari Franciyaning Ulgat shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishadi.
Ushbu yig'inda SHahram Ahadov, Sardor Nurillaev, G'iyosjon Boboev, SHarofiddin Boltaboev, SHahzod Sobirov, SHerali Jo'raev, Muhammadkarim Hurramov va Bekmurod Oltiboev kabi sportchilarimiz ishtirok etishmoqda. Dzyudochilarimiz mashg'ulotlarda murabbiy Jamshid Hudoyberganov qo'l ostida shug'ullanishmoqda. SHuningdek, shifokor Javlon Hasanov ham ularga hamroh sifatida Franciyaga yo'l olgan.
Qayd etish lozimki, ushbu yig'in sportchilarimiz uchun oldinda turgan muhim musobaqalar, shu jumladan Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari uchun tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar