So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

01 mar 19:00
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochilarimiz "Tashkent Grand Slam" turnirining ikkinchi kunida uchta medal qo'lga kiritishdi. Reytingdagi o'rnimiz qanday?

Teglar :  Dzyudo
Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha "Grand Slam" musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Kun yakuniga ko'ra, vakillarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega bo'lishdi.

-73 kg vazn toifasida bronza medallari uchun "o'zbekcha derbi" guvohiga aylandik: SHahram Ahadov Obidxon No'monovdan ustun keldi va bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

-70 kg vaznli hamyurtimiz SHirinjon Yo'ldosheva bronza uchun kechgan bahsda Xitoy Taypeyi vakilasi YU Jung Liaoga imkoniyatni boy berdi va musobaqani 5-o'rinda tugatdi. 

-70 kg vazn toifasida Xurshida Razzoqberdieva finalgacha etib bordi va hal qiluvchi bahsda yaponiyalik Rin Maedaga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibasiga aylandi.

-81 kg vaznli Muso Sobirov bronza uchun bahsda BAA sharafini himoya qilayotgan Gajimurad Omarovga yutqazdi - 5-o'rin.

-81 kg vazn toifasida Arslonbek Tojiev finalga qadar etib bordi va hal qiluvchi bahsda IJF nomidan bahslarda qatnashayotgan Timur Arbuzovga mag'lub bo'lib, kumush medal bilan kifoyalandi.

Kecha musobaqaning birinchi kunida polvonlarimiz 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritgandilar.

SHu tariqa, ikki kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega bo'lib turibdilar. Ertaga, 2 mart kuni musobaqaning so'nggi kun bellashuvlari o'tkaziladi va unda og'ir vaznli dzyudochilar medallar uchun kurashishadi. 

Medallar jamg'arish reytingida dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi peshqadamlikni qo'lga olgan. O'zbekiston terma jamoasi esa ikkinchi o'ringa joylashgan. Ispaniya esa uchinchi o'rinni band etgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
02 mar 18:26:20
Samar
Aziz foydalanuvchining fikriga javob berish
IJF байроғи остида қатнашаётган Россиянинг медаллари жадвалга киритилмаган
Ha tushunarli.Rahmat
   
01 mar 19:41:00
Aziz
Samar foydalanuvchining fikriga javob berish
Oltin medallar umumiy hisobda 5 ta,Kumush medallar esa 8 ta.Qanaqasiga?
IJF байроғи остида қатнашаётган Россиянинг медаллари жадвалга киритилмаган
   
01 mar 19:12:11
Samar
Oltin medallar umumiy hisobda 5 ta,Kumush medallar esa 8 ta.Qanaqasiga?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing