15 may 11:27
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari, shuningdek, dzyudo federaciyasi birinchi vice-prezidenti SHavkat Mo'minov, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali tarzda kutib olishdi.
Osiyo chempionatida 20dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Musobaqada 33 nafar sportchi bilan qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi 24ta medal qo'lga kiritdi.
Mazkur Osiyo chempionatining ahamiyatli tomoni shundaki, unda Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma taqdim etuvchi qimmatli reyting ochkolari ham o'ynaldi. Sportchilarimiz 31 iyulgacha turli xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, reyting ochkolarini to'plab boradilar. SHundan so'ng yuqori reytingga ega bo'lgan polvonlar Argentinada o'tkaziladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega bo'ladilar.
Fikrlar