24 may 18:07
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochilarimiz Xitoydagi Gran-Prida ishtirok etadilar
Ertaga Xitoyning Xoxxot shahrida dzyudo bo'yicha Gran-Pri musobaqasi start oladi.
Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham ishtirok etadilar.
Musobaqa 27 may kuniga qadar davom etadi va unda 46ta mamlakatdan sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi.
Terma jamoamiz Gran-Prida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
-66kg: SHahram Ahadov
-66kg: Sardor Nurillaev
-73kg: G'iyosjon Boboev
-73kg: Mirzoxid Farmonov
-81kg: SHarofiddin Boltaboev
-90kg: SHahzodbek Sobirov
-100kg: Muhammadkarim Hurramov
+100kg: Ihtiyor Xolmurodov
+100kg: Bekmurod Oltiboev
Ayollar:
-57kg: Omongul Allanazarova
-70kg: Gulnoza Matniyozova
Milliy olimpiya qo'mitasi musobaqada sportchilarimizga omad tilab qoladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar