So’nggi yangiliklar

10:29Ўзбекистонда велоспортнинг маунтинбайкинг йўналиши бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 10:08Шон О'Мэлли: "Бу йил яна жанг қиламанми?" 0 09:47Бугун жаҳон чемпионатида биргина дзюдочимиз ўз омадини синаб кўради 0 09:26"Урава Ред" сардори ЖЧ ўйинида "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди + ВИДЕО 0 09:05Теремоана Жуниор: "Жалолов билан проф рингда жанг қилсак..." 0 08:44Исроил Мадримов жарроҳлик столига ётди + ФОТО 0 08:23Эркин кураш терма жамоамиз Осиё чемпионатига жўнаб кетди 0 08:02Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ жаҳон чемпионатидаги юришини бошлайди 0 04:14UFC Нурсултон Рўзибоевнинг навбатдаги жангини эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 19:02Шавкат Раҳмонов қачон октагонга қайтишини айтди 0 18:39"UFC 318 турнири у учун ташкил этилмоқда" — Дана Уайт 0 18:17Усман: "Бундан қутилишим керак эди" 0 17:53Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин 0 17:26Махачевнинг мураббийи: "Яримўрта вазнга ўтиш режаси Топурия пайдо бўлгунича ҳам бор эди" 0 17:01Топурия – Оливейра тўқнашуви учун захира жангчиси маълум 0

31 mar 10:00
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochimiz SHahram Ahadov Gran-Pri sovrindori bo'ldi!

Teglar :  Dzyudo
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi start oldi.

Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishlari haqida xabar qilgandik. Bugungi bahslarda ikki nafar sportchimiz ishtirok etdi.

-66kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz SHahram Ahadov ilk jangida mezbonlar vakili Zviad Xubulurini, keyin ozarbayjonlik Elchin Huseynovni mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa afsuski u braziliyalik Daniel Kargninga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunday bo'lsada, hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoldi. O'tish bahsida u gruziyalik Niko CHikaidzeni taslim etdi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa u boshqa bir mezbon sportchi Lasha Giunashvilidan ustun kelib, Gran-Prining bronza medali sohibiga aylandi.

SHahram Ahadov yanvar oyida bo'lib o'tgan Tunis Gran-Prisida oltin medalni qo'lga kiritganini ham eslatib o'tish lozim.

-60kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Doniyor Sultonboev armanistonlik Vagan Xovsepyan va Qirg'iziston vakili Otar Bestaevni mag'lubiyatga uchratgandi. Ammo, yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda u mezbon sportchi Lukumi CHkvimianiga yutqazib qo'ydi.

Malumot uchun, musobaqaning ertangi kun bahslarida o'zbekistonlik sportchilardan G'iyosjon Boboev, SHarofiddin Boltaboev va SHermuhammad Jandrievlar ishtirok etadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing