29 mar 19:44
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudochimiz Tbilisi Gran-prisining bronza medalini qo'lga kiritdi
Bugun Gruziya poytaxtida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning birinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Quvonarlisi, turnirning ushbu kunida bahs olib borgan yurtdoshimiz SHarofiddin Lutfullaev bronza medalini qo'lga kiritdi.
-60 kilogarmm vazn toifasida kurashadigan SHarofiddin ushbu medalni qo'lga kiritish uchun mo'g'ulistonlik Boldbatar Ganbatni mag'lub etdi. SHu tariqa Lutfullaev bronza medali bilan birga Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun qimmatli 350 reyting ochkosini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ymoqda.
Bu polvonimiz uchun Gran-pri toifasidagi musobaqalarda qo'lga kiritilgan 13-medal bo'ldi. SHuningdek, ertaga bo'lib o'tadigan bellashuvlarda yana 2 nafar vakilimiz ishtirok etishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar