So’nggi yangiliklar

17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0

10 avg 10:48
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudochimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medalini qo'lga kiritdi

Teglar :  Dzyudo
CHili poytaxti Santyagoda dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi (U-18) jahon chempionati boshlandi. 13 avgustga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada dunyoning 64 mamlakatidan 428 nafar dzyudochi g'oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Jahon chempionatining dastlabki kunida -50 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Maqsud Ochilov finalga qadar avstraliyalik Keyn Styuart, vengriyalik Fechko Sanad, turkiyalik Ejder Toktaylar ustidan zafar quchib, jahon chempionligi hal bo'ladigan bahsga qadar etib keldi. 

Hal qiluvchi bellashuvda esa hamyurtimizga braziliyalik dzyudochi Aldi de Oliveyra raqib bo'ldi. Keskin kurashlar ostida o'tgan mazkur qarama qarshilik Oliveyra foydasiga hal bo'ldi va braziliklik sportchi jahon chempioniga aylandi. Maqsud Ochilov esa kumush medali bilan cheklandi. Muhimi sportchilarimiz jahon chempionatining ilk kunida kumush medalini qo'lga kiritib, musobaqani ko'tarinki kayfiyatda boshlab olishdi. Asosiy kurashlar esa hali oldinda.



Ushbu yosh toifasidagi jahon chempionati beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bo'lib, uning birinchisiga 2009 yilda Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilgan, keyingi uch jahon chempionatlari Kiev (2011 y.), Mayami (2013 y.) va Saraevo (2015 y.) shaharlarida bo'lib o'tgan. Yoshlar o'rtasidagi V jahon chempionatini esa guvohi bo'lganingizdek Santyago shahri o'zida qabul qilmoqda. Ana shu tariqa dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati ilk marotaba Janubiy Amerika qitasiga, hususan CHili davlatiga etib keldi.

Bugun qizlar o'rtasida -48 kg. va -52 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o'tkazilsa, yigitlar -60 kg. va -66 kg. vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Eslatib o'tamiz, musobaqa 13 avgustga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing