11 dek 07:11
Yangiliklar
Futbol
ECHL. "Real" o'z uyida "Manchester Siti"ga yutqazdi, Husanov...
Evropa CHempionlar Ligasi umumiy guruh bosqich 6-turidan o'rin olgan super to'qnashuvda "Man Siti" Madridda "Real"ni mag'lubiyatga uchratdi.
Uchchala gol birinchi bo'limda kiritildi. O'Raylli va Xolandning aniq zarbalariga maydon egalari Rodrigoning goli bilan javob berishdi. Abduqodir Husanov bu safar ham zaxirada qoldirildi.
"Real" - "Manchester Siti" 1:2
Gollar: Rodrigo 28 - O'Raylli 35, Xoland 43 (pen.)
"Real": Kurtua - Valverde, Asensio (Endrik 79), Ryudiger, Karreras - Sebalos (Braim 67), CHuameni, Bellingem - Rodrigo, Vinisius, Gonsalo (Gyuler 58)
"Manchester Siti": Donnarumma - Nunes, Diash, Gvardiol, O'Raylli - Silva, Gonsales, Foden (Reynders 70) - SHerki (Savino 70), Doku (Ake 88), Xoland (Marmush 70)
Ogohlantirishlar: Ryudiger 43, Rodrigo 87, Karreras 88 - Foden 11, O'Raylli 76, Silva 90

Havola :
Fikrlar