25 fev 17:47
Yangiliklar
ECHL. "Real"ning "Benfika"ga qarshi qaydnomasi elon qilindi, unda Mbappe yo'q
Xabaringiz bor, Lissabonda kechgan dastlabki bahsda madridliklar 1:0 hisobidagi minimal g'alabani qo'lga kiritishgan edi.
Bugungi muhim o'yin oldidan "Qirollik klubi" muxlislari uchun noxush xabar bor. Jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Kilian Mbappe tizzasidagi og'riqlar sababli ushbu bellashuv qaydnomasiga kiritilmadi va o'yinni tribunadan kuzatadigan bo'ldi.
"Real" (Madrid) qaydnomasi:
Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Fran Gonsales.
Himoyachilar: Karvaxal, Alaba, Trent, Asensio, A. Karreras, Fran Garsiya, Ryudiger, F. Mendi.
Yarim himoyachilar: Kamavinga, Valverde, CHuameni, Arda Gyuler, Cestero, Manuel Anxel, Palasios, Tyago
Hujumchilar: Vinisius Junior, Gonsalo, Braim, Mastantuono.
Bosh murabbiy: Alvaro Arbeloa.

Fikrlar