27 avg 09:14
Yangiliklar

ECHLning 32 ta jamoasi malum. Qozoq klubi guruh bosqichida qatnashadi!
Etiborlisi, Qozog'iston futboli tarixida ilk bor qo'shni mamlakat jamoasi ECHLning guruh bosqichida qatnashadigan bo'ldi. "Qayrat" klubi penaltilar seriyasida SHotlandiyaning mashhur "Seltik" klubini mag'lubiyatga uchratib, Evropaning grand jamoalariga qarshi guruh bosqichida o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.
Guruh bosqichiga yo'l olgan jamoalar bilan tanishing:
«Liverpul», «Arsenal», «Manchester Siti», «CHelsi», «Tottenxem Xotspur», «Nyukasl Yunayted» (barchasi — Angliya), «Napoli», «Inter», «Atalanta», «Yuventus» (barchasi — Italiya), «Barselona», «Real», «Atletiko», «Atletik» , «Vilyarreal» (barchasi — Ispaniya), «Bavariya», «Bayer», «Ayntraxt», «Borussiya D» (barchasi — Germaniya), PSJ, «Marsel», «Monako» (barchasi — Franciya), PSV, «Ayaks» (Niderlandiya), «Sporting» (Portugaliya), «Yunion» (Belgiya), «Galatasaroy» (Turkiya), «Slaviya» (CHexiya), «Olimpiakos» (Greciya), «Qayrat» (Qozog'iston), «Budyo-Glimt» (Norvegiya), «Pafos» (Kipr).
Fikrlar