27 apr 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/116167_220.jpg)
Eddi Xirn nima uchun Tayson Fyuri bilan promouterlik shartnomasini imzolamaganligini aytdi
Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn o'z vaqtida Tayson Fyuri bilan shartnoma imzolamaganidan afsuslanadi.
"Menda u bilan shartnoma imzolash imkoniyati bor edi. Men 2018 yili Monakoda u bilan kelishishim mumkin edi. Lekin, o'sha payt menda u istayotgan janglarni tashkil qilish istagi bo'lmagandi.
Nima uchun? Men ushbu janglar o'zini oqlamaydi deb o'ylaganman. Raqiblar ham kuchli emasdi. Lekin, hozir o'shanda u bilan shartnoma imzolash lozim bo'lganigini tushunib turibman.
Men o'shanda Taysonga qarab o'ylagandim: "O'zingga bir qara, sen ringga qayta olmaysan". Lekin Fyuri barchani hayratlantira oldi va xato qilganimni isbotladi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Fyurining promouteri Frenk Uorren va Bob Arum hisoblanadi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar