02 iyu 14:23
Yangiliklar

El Yakvinta: Men Getjiga qarshi jangda Xabibga tikaman
"Ochig'i, Fergyuson - Getji jangi meni xayron qoldirdi. Men hammasi aynan shunday yakun topishini kutmagandim. Getji xayratimning oshishiga sababchi bo'ldi. Fergyuson esa o'ziga o'xshamadi.
SHubhasiz, Jastinning Xabib Nurmagomedov bilan o'tkazadigan jangiga qiziqish juda ham yuqori. SHu kungacha Getjini hech kim parterda ushlay olmagan. Xabib esa raqiblarini aynan shu erda yanchib tashlaydi. Fikrimcha, jang taqdiri parterda hal bo'ladi. Getji "stoyka"da shunchaki dahshatning o'zi. Xabib esa parterda tengsiz. SHu jihati bilan ham jang juda ham qiziqarli o'tadi. SHaxsan men bo'lajak jangda Xabibning g'alabasini kutyapman", — dedi Yakvinta.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov o'z janglarining birida El Yakvintani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar