28 sen 14:14
Yangiliklar
Futbol

Elit OCHL. "Nasaf"ning bo'lajak raqibida murabbiy istefosi yuz berdi
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasida istefo.
Klub jamoa bosh murabbiyi Loran Blanni istefoga chiqardi. Franciyalik mutaxassis 2024 yilning 13 iyul sanasida jamoani qabul qilib olgan edi. "Al Ittihod" uning boshchiligida 46 ta uchrashuv o'tkazdi va 35 g'alaba, 5 durang, 6 mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Loran Blan bilan jamoa o'tgan mavsum mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.
"Al Ittihod" joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 4-turdan so'ng 9 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar