17 may 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov ertaga kimga qarshi jang qiladi?
Avvalroq, 18 may kuni professional bokschimiz Elnur Abduraimov Ekaterinburgda jang qilishi haqida xabar qilgandik.
SHu kungacha bokschimizning raqibi nomalum edi. Endilikda hamyurtimiz ertangi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi. Unga ko'ra, Elnur ertaga tanzaniyalik Issa Nampepechega qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Elnur shu kungacha prof boksda 4 marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Issa esa bungacha prof ringda 44 marotaba jang qilgan va ularning 29 tasida g'alaba qozongan (12 ta nokaut). 9 marotaba mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). Yana 6 ta jangda durang qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, jang ertaga Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar