18 may 18:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional bokschimiz Elnur Abduraimov Ekaterinburgda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga tanzaniyalik Issa Nampepeche raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi.
Jangda tashabbusga ega bo'lgan Elnur jangning to'rtinchi raundida nokaut evaziga g'alaba qozondi. U ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'yishga ham ulgurgandi.
SHu tariqa, bokschimiz prof ringdagi 5-jangida 5-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar