19 may 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur Abduraimov: "Xudo xohlasa o'z vaznimda barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritaman!"
Bokschimiz Elnur Abduraimov Ekaterinburgda Issa Nampepeche ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ekaterinburgdagi jang oqshomida ringga chiqish imkoniyatini yaratib bergani uchun RCC Boxing'ga minnatdorchilik bildiraman. Menejer va murabbiyimga alohida rahmat. Jang tomoshabinlar uchun qiziqarli kechdi. Tanzaniyalik bokschi 30 dan ortiq jang o'tkazgan, u saviyasini ko'rsata oldi, ammo meni xech narsa bilan hayron qoldira olmadi.
Beshta jangda beshta nokaut? Buning xech qanday siri yo'q, shunchaki sport zalidagi qattiq mehnat. Xudo xohlasa o'z vaznimda barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritaman", - deya bokschimizning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RCC Boxing kompaniyasi matbuot xizmati.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar