15 may 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Elnur va yana uch professional bokschimiz Ekaterinburgda ringga ko'tariladi
Avvalroq, 18 may kuni professional bokschimiz Elnur Abduraimov Ekaterinburg shahrida jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Hozircha bokschimizga o'sha kungi jangda kim raqiblik qilishi nomalum. "RCC Boxing Academy" mezbonlik qiladigan jang oqshomida shuningdek Alisher Xabibullaev, Sardor Muzaffarov va Ravshanbek Umrzoqov kabi bokschilarimiz ringga chiqishadi.
Alisher Xabibullaev (72,6 kg, 4-1) mezbon bokschi Ilya Balandinga qarshi jang qilsa, Sardor Muzaffarov (-55,2 kg, 4-1) tojikistonlik Asror Vohidov bilan to'qnash keladi. Ravshanbek Umrzoqov esa (-61,2 kg, 8-0) Janubiy Afrika Respublikasi vakili Entoni Moloisanni sinovdan o'tkazadi.
Demak, 18 may kuni Ekaterinburgdagi professional boks oqshomida to'rt nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasining chiqishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar